Yevropa ittifoqi: yangi rahbar saylash oson kechmayapti

Bryusselda 30-iyun kuni Yevropa ittifoqining navbatdan tashqari sammiti o‘tkaziladi. Shu kuni YeI davlat va hukumat rahbarlari yana bir bora o‘zlariga yetakchini saylashga urinib ko‘rishadi, chunki bugungi o‘tgan yig‘ilishdan natija chiqmadi.
«Biz Yevroittifoqning turfa xilligini ifodalovchi yagona to‘xtamga kelishimiz kerak. Hozircha mashvarat davom etadi, jumladan, Yevropa parlamenti bilan ham», — dedi sammiti yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk.
Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar YeIning rahbarlarini saylashdan ko‘ra Rim papasini saylash oson kechishini jurnalistlarga intervyusida ma’lum qildi.
Yevropa komissiyaning hozirgi rahbari Jan-Klod Yunkerning vakolat muddati oktyabr oyida nihoyasiga yetadi. Yevropa ittifoqidagilar yangi chaqiriq Yevropa parlamenti ish boshlaguniga qadar uni ham almashtirishmoqchi.
Buni Yunker hazil aralash shunday izohladi: «Alohida qoniqish, zavq va mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, meni almashtirishlari oson kechmaydi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter