Yevropaning qator davlatlarida koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Bugun, ya’ni 27-dekabr kuni Yevropaning qator davlatlarida Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan preparatlar bilan koronavirusga qarshi emlashga start berildi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Avstriya, Estoniya, Litva, Polsha, Bolgariya kampaniyani 27-dekabrda, Belgiya 28-dekabrda, Irlandiya 30-dekabrda boshlashni rejalashtirgandi.
Mart oyining o‘rtalarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus epidemiyasini pandemiya deya e’lon qildi. Dastlabki kasallik holati Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter