Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyatida MIB boshlig‘i qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida MIB boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: Xavfsizlik.

MIB mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona viloyatidagi tumanlardan birining Majburiy ijro byurosi boshlig‘i o‘z xizmat vakolatidan foydalangan holda, bo‘ysunuvidagi davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning ijro varaqasi bo‘yicha javobgarlarni ushbu tumandagi xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qiladi.

Joriy yilning 3-iyun kuni u talab qilingan pul mablag‘idan 1200 AQSh dollarini pora sifatida oladi. 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u qolgan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan MIB mansabdor xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring