Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona viloyatida yana ikkita tuman hokimi almashdi

Farg‘ona viloyatida yana ikkita tuman hokimi almashdi

Foto: «mahallakengashi.uz»

Xalq deputatlari Buvayda va So‘x tumanlari Kengashlarining ham navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unda viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi, bu borada erishilayotgan yutuq va natijalar xususida ma’ruza qildi.

Sessiyada Alibek Tursunov boshqa ishga o‘tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Bag‘dod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bexzod Ibragimov Buvayda tumani hokimi etib tayinlandi.

Shuningdek, Tavakkal Rahimov boshqa ishga o‘tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, o‘rniga Farrux O‘sarovni So‘x tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Rishton tuman hokimi G‘ayrat Mamadaliyev tuman hokimi vazifasidan ozod etilib, shu kunga qadar So‘x tumani hokimi bo‘lib ishlagan Tavakkaljon Rahimov Rishton tumani hokimi etib tayinlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring