Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada hokimiyat yig‘ilishidan chiqqan rais vafot etdi

Farg‘onada hokimiyat yig‘ilishidan chiqqan rais vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida mahalla raisi hokimiyatdagi yig‘ilishdan chiqqach tobi qochib vafot etdi. Mazkur hodisani tuman hokimligi tasdiqlagan. 

«Tuman hokimi tomonidan mahalla raisiga nisbatan qo‘pol muomala qilingani va bu uning majlisdagi vafotiga sabab bo‘lgani haqida iddaolar ilgari surilmoqda.

Kaldushon mahallasi raisi Sharifjon Abdullayevning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etamiz.

Joriy yil 18 iyun kuni tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etgan bo‘lib, unda ularga zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan topshiriqlar berilgan. Yig‘ilish tankidiy ruhda o‘tgan, lekin tuman hokimi tomonidan shaxsga nisbatan haqoratli so‘z ishlatilmagan», deyiladi Furqat tumani hokimligi xabarida.

Kaldushon mahallasi raisi Sharifjon Abdullayev yig‘ilish paytida sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar sababli faoliyatini to‘xtatmoqchiligi aytib, yig‘ilishni tark etgan. Hokimlik tashqi hovlisida sog‘ligi yomonlashganligi sababli  tez yordam chaqirilgan, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan. Afsuski, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlanganicha yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring