Farg‘onada jurnalistlarga hujum qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kuni kecha Effect.uz sayti xodimi Farg‘ona viloyatining Quva tumanida noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchraganligi xabar qilingandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, holat yuzasidan JKning 166-moddasi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi buyicha 4 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida jalb qilindi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter