Foto: Savodsizlikni tugatish kursi (Buxoro, 1937-yil)
O‘zbekistonda xotin-qizlari ta’limi bilan bog‘liq ayrim arxiv fotolar ilk bor namoyish etildi.
«O‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida» nomli tarixiy fotoko‘rgazma ish boshladi.
Toshkent fotosuratlar uyida bugun, 6 mart kuni «O‘zbek ayoli-o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi» nomli an’anaviy II Respublika fotoko‘rgazmasi ish boshladi. Bu yilgi ko‘rgazma «O‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida» mavzusiga bag‘ishlangan.
Tadbir «O‘zarxiv» agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Ko‘rgazmaga 200 dan ortiq fotosurtlar qo‘yilgan bo‘lib, ularning 40 dan ortig‘i birinchi marotaba namoyish etilmoqda.
Fotoko‘rgazma 2023 yil 11 martga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter