G‘azo sektoridagi qurbonlarning yangi soni ochiqlandi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning G‘azo sektorini o‘qqa tutishi oqibatida 1799 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlikning Telegram-kanalidagi nashrida aytildi.
Shuningdek, 6388 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan.
Avvalroq Isroil HAMAS hujumi qurbonlari soni 1200 kishiga yetgani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktyabr kuni HAMAS guruhi Isroilga qarshi «Al-Aqsa to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektorini bombalamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter