Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azoda BMT omborxonasiga hujum qilindi, ikki kishi halok bo‘ldi

G‘azoda BMT omborxonasiga hujum qilindi, ikki kishi halok bo‘ldi

Kecha, 28-may kuni BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) tashkiloti G‘azo sektoridagi omborlaridan biriga ommaviy hujum qilingani haqida ma’lum qildi.

Hodisa paytida yuzlab falastinliklar omborxonaga bostirib kirgan. Natijada kamida ikki kishi halok bo‘lgan, bir nechta odam jarohatlangan.

«G‘azoga oziq-ovqat va boshqa yordam yetkazib berish to‘liq to‘xtaganiga 80 kun bo‘ldi. Blokada oqibatida gumanitar ehtiyojlar nazoratdan chiqdi», — deyiladi WFP’ning ijtimoiy tarmoqdagi bayonotida.

Tashkilot xalqaro hamjamiyatni insonparvarlik yordamini xavfsiz va to‘siqsiz yetkazish uchun shoshilinch chora ko‘rishga chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring