General-mayor tergov izolyatorida o‘lik holda topildi

Qozog‘istonda general-mayor Jaylaubek Xaliquli Olmaotadagi tergov izolyatorida o‘lik holda topildi.
Qorovul nazoratchisi hibsga olingan Jaylaubek Xaliqulini soat 07:00 atrofida hushsiz holda topgan. Muassasa navbatchisi zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. Biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Tez yordam mashinasi mexanik asfiksiya natijasida o‘limni aniqladi.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, prokuratura vakillari va viloyat IIB rahbariyati yetib kelgan. Boshqa mahbuslar bilan suhbat o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgani aniqlanmadi.
Ayni paytda viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi belgilandi. Uning natijalariga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
Xoliquli 23 may kuni qo‘lga olingan edi. U jinoyat ishini tugatish maqsadida bir fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan pul va mol-mulk olganlikda gumon qilingan.
Xaliquli Olmaota va Oqmo‘la viloyatlari ichki ishlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter