Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya tashqi ishlar vaziri dunyo bo‘ylab yolg‘on axborotga qarshi kurash yo‘lini aytdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri dunyo bo‘ylab yolg‘on axborotga qarshi kurash yo‘lini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Dunyoda beqarorlik, axboriy xurujlar hamda dezinformatsiya avj olgan bir paytda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘z zimmasiga ulkan mas’uliyatni olmog‘i talab etiladi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Bonnda shahrida bo‘lib o‘tayotgan global mediaforum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida qayd etdi, deb xabar bermoqda mazkur anjumanda ishtirok etayotgan «Xabar.uz» muxbiri.

Dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari vakillari ishtirokidagi ilmiy amaliy anjuman bugun,  20 iyun kuni boshlandi. Yirik anjumanda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir dolzarb masalalar muhokama etilmoqda.

«Afsuski, bugun butun dunyoda so‘z erkinligini cheklash, OAV vakillarini ta’qib qilish, hatto ular joniga qasd qilish kabi noxush holatlar davom etmoqda. Ta’qib va tazyiqlarga qaramay, jasoratli jurnalistlar jamoatchilikka haqiqatni yetkazish yo‘lida matonat bilan faoliyat yuritmoqda. Biz so‘z erkinligi qadriyati yo‘lida jasorat va yuksak e’tiqod namunasini ko‘rsatayotgan jurnalistlarga tashakkur aytamiz. Zero, mustaqil ommaviy axborot vositalari jamiyatda hisobdorlikni ta’minlash orqali demokratik qadriyatlarni himoya qiladi», – dedi Germaniya bosh diplomati o‘z chiqishida.

A.Berbokning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukrainaga bosqini davom etayotgan hozirgi kunlarda haqiqatni yashirishga qaratilgan kampaniya – dezinformatsiyaning xatari oshib bormoqda. Bu esa xolis, ob’yektiv hamda haqqoniy jurnalistikaning roli va ahamiyati naqadar katta ekanini yana bir karra tasdiqlamoqda.

Germaniya tashqi ishlar vaziri dunyo bo‘ylab, xususan, Rossiya, Afg‘oniston, Belarus kabi mamlakatlarda mustaqil hamda xolis jurnalistikani kuchaytirish orqali dezinformatsiya ko‘lamini kamaytirish mumkinligini qayd etdi.

DW tomonidan, Germaniya tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjumanda «to‘rtinchi hokimiyat faoliyatini global dunyo talablariga muvofiqlashtirishga doir masalalar muhokamasi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring