«GM» mashinalarining aksiz soliq stavkasi rekord darajada tushirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi qaroriga ko‘ra, «GM Uzbekistan»ning yengil avtomobillari uchun aksiz soliq stavkasi 5,4 barobarga kamaytirildi.
Hujjatga binoan, 2018-yildan boshlab aksiz soliq stavkasi 5 foizni tashkil etadi.
O‘tgan yilning boshida «GM Uzbekistan»ning yengil avtomobillar uchun soliq stavkasi 29 foizni tashkil etgan edi. So‘ng 2017-yilning yoz mavsumida u 27 foizga tushirilgandi.
Ta’kidlash joizki, aksiz solig‘ining bunday kamayishi «GM Uzbekistan» yengil avtomobillarining chakana narxlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter