«Guliston Siti» qaysi hududda qurilishi ma’lum qilindi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida uy-joy ta’minoti masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
— Kelgusi besh yilda viloyatda 10 ming xonadonli uy-joylar quriladi. Shundan, 1,5 mingdan ziyod uy-joy kam ta’minlangan oilalarga ajratilib, ularga ipoteka krediti bo‘yicha 60 milliard so‘mlik subsidiyalar beriladi.
Jumladan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 800 nafar ayollarga subsidiya ajratiladi, 450 nafariga boshlang‘ich badal puli to‘lab beriladi, 120 nafari bepul uy-joy bilan ta’minlanadi, — dedi davlat rahbari.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda «Guliston siti» barpo etilishini ma’lum qildi.
Bu yerda, 1 ming 700 xonadonli 16 qavatli turar-joylar, umumta’lim va biznes maktablari, 2 ta bolalar bog‘chasi, zamonaviy klinika, madaniyat markazi va mehmonxona quriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter