HAMAS garovdagi 3 kishini 369 nafar falastinlik evaziga ozod qildi
![HAMAS garovdagi 3 kishini 369 nafar falastinlik evaziga ozod qildi](http://static.xabar.uz/crop/2/4/720_460_95_2425912486.jpg)
Falastinning HAMAS harakati garovga olingan uch kishini, jumladan bir nafar rossiyalikni ozod qildi.
Rossiya fuqarosi bo‘lgan 29 yoshli Sasha Trufanov, Amerika fuqaroligi bo‘lgan 36 yoshli Sagi Dekel-Chen va Argentina fuqaroligi bo‘lgan 46 yoshli Yair Xorn asirlikdagi 498 kundan so‘ng Halqaro Qizil xoch tashkilotiga topshirilgan.
Ozod qiligan uchala fuqaro ham HAMAS tomonidan Nir-Oz hududida garovga olingan.
Yair Xornning ukasi Eytan ham ayni paytda HAMAS tomonidan garovda saqlanyapti.
Isroil, o‘z navbatida garovdagi 3 nafarning evaziga 369 nafar falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter