Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Hamma narsaga erishish mumkin» — Afrikaning kambag‘al qishlog‘idan 14 yoshida turmushga chiqqan qiz qanday qilib fan doktori bo‘ldi?

«Hamma narsaga erishish mumkin» — Afrikaning kambag‘al qishlog‘idan 14 yoshida turmushga chiqqan qiz qanday qilib fan doktori bo‘ldi?

Bu voqeaga hali unchalik ko‘p bo‘lgani yo‘q. Zo‘ravon  eriga qaram bo‘lgan Tererai Trent chidamliligi va qat’iyati atrofdagilarni hayratga soladi, lekin u o‘zini qahramon deb hisoblamaydi.

U Zimbabvedagi kambag‘al qishloqda tug‘ilgan, suv va elektrdan mosuvo, kelajakka umidi yo‘q kulbada yashardi. Tererai haqiqatan ham o‘qishni xohlardi, lekin u yashayotgan jamiyatda faqat o‘g‘il bolalarga ta’lim va hayot imkoniyatlarini berish odat tusiga kirgan, qizlar uchun bu ortiqcha hisoblangan.

Tereraining akasi maktabga borar, u esa akasidan o‘qishni o‘rgatishni so‘rardi.  

Tererai 14 yoshida turmushga chiqdi va 18 yoshida uning uch nafar farzandi bor edi. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li onasining suti yo‘qligi uchun ochlikdan vafot etdi. U ma’naviy, ruhiy va jismoniy zo‘rovonlik qarshisida tiz cho‘kmadi. U o‘sha kunlarini shunday eslaydi:

«Men o‘qishni xohlardim. Ammo buni qanday uddalashni bilmasdim. Bir kuni qishlog‘imizga Amrikadan Jo Lusk degan bir ayol keldi. U qizlarning o‘qishi, ilm olishi haqida gapirdi. Shunda men oruzimni aytdim. U esa mening tilimda «tinogona», ya’ni «erishish mumkin», dedi. Mendan hali hech kim shu paytgacha orzuimni so‘ramagan edi. O‘shandan beri bu «erishish mumkin»  iborasi Tererai uchun haqiqiy mantraga aylandi.

Uning pozitsiyasida bu harakat aqldan ozgandek erish tuyuldi dastlab, lekin ayol hech narsa uchun orzusidan voz kechishni xohlamadi. Uning o‘qishni istashini eshitgan eri bir necha bor kaltakladi, atrofidagi erkaklar erining bu harakatini qo‘llab-quvvatladi, unga aytishdiki: «Sening joying oshxonada, sen hech narsa qilolmaysan, sen hech narsaga arzimaysan». O‘sha paytlari u rostdan ham shundayligiga ishonardi. Ammo orzusi unga tinchlik bermasdi. Uning onasi aytdi: «Seni ering uradimi, qarshilik qiladimi, orzuingdan qaytma. Katta momongni, momolaringni qara, birortasi sen orzu qilgan narsalarni orzu qilolmadi. Sen orzuingga erish, bizni kambag‘allikdan qutqar, zanjirni uz. Orzularingni yozib toshning tagiga ko‘m».

U shunday qildi, orzularini qog‘ozga yozdi:

«Men Amerikaga ketaman.

Men bakalavr ma’lumotini olaman.

Magistr darajasini olaman.

Fan doktori bo‘laman».

Orzulari yozilgan qog‘ozni temir bo‘lagi bilan mahkamlab toshning tagiga ko‘mdi.

U Amerikada yashay boshladi. Okloxoma universitetiga o‘qishga kirdi. Qiyinchiliklar oldida tixz cho‘kmadi. 

Bolalari tishini yuvayotganda ularning milklari qonayotganini ko‘rib qoladi. Va anglab yetadiki ularga vitaminlar yetishmayapti, mevalar berishi kerak.

Tererai do‘konga borib eskirgan mevalarni tashlab yubormasliklarini so‘raydi.

Sotuvchi bularni bolalaring yesa va ularga biron narsa bo‘lsa meni sudga bermaysanmi deydi. U yo‘q deydi.

Qolgan mevalarni olib kelib bolalariga yuvib yedira boshlaydi.

Ishlaydi-o‘qiydi, o‘qiydi-ishlaydi.

Oradan  20 yil o‘tgach, u «Doktor Tererai Trent» nomi bilan mashhur bo‘ldi. Bu vaqtga kelib u afrikalik eri bilan ajrashgan va professor Mark Trentga turmushga chiqqan edi.

«Vatanim ozodligi uchun davom etgan urush yillarida katta bo‘lganman. Ozodlik kurashchilaridan birining hikoyasini tinglaganimni eslayman, u bir gal shunday degan edi: «Ta’lim berish – kuch berish, kuch berish – ozod qilish, ozod qilish – odamlarning o‘zini hurmat qilishiga imkon berishdir».

O‘zining aql bovar qilmasdek tuyulgan barcha orzularini ro‘yobga chiqargan Tererai o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyini unutmadi va ilm berish vaqti kelganini his qildi. U o‘zining tug‘ilgan qishlog‘ida bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarga ega bo‘lgan katta maktab qurish g‘oyasi bilan yashadi. Uzoq vaqt davomida bu rejani amalga oshirib bo‘lmadi, lekin Tererai mashhur teleko‘rsatuvda ishtirok etganidan so‘ng, uning boshlovchisi  bu ayolning hikoyasidan ta’sirlanib, yangi maktab qurish uchun 1,5 million dollar xayriya qildi.

Endi Tererai o‘z orzusini amalga oshirmoqda – hayotdagi maqsadiga erishildi. Uning mehnati evaziga minglab qizlar o‘g‘il bolalar bilan barobar bilim olish imkoniga ega bo‘ldi. Tereraining farzandlari universitetlarda o‘qiydi, uning qishlog‘idagi maktabga farzandini olib kelgan ota-onalar: «Balki men ham qila olarman?» deb umid qiladi. Tererai esa o‘z tilida «tinogona», ya’ni «erishish mumkin», deb motivatsiya beradi.

Internet materiallari asosida tayyorlandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring