Hasanboy Do‘smatov keyingi jangini chempionga qarshi o‘tkazishi mumkin

WBA tashkiloti yengil vazn toifasidagi Jahon chempioni, tailandlik Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq berdi.
Niyatrongga bu himoya jangida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov raqiblik qiladi. Tashkilot tomonlar kelishuvga erishishi va muzokaralar o‘tkazishi uchun 30 kun vaqt berdi.
Ma’lumot uchun, 33 yoshli Niyomtrong faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bu u uchun 12-himoya jangi bo‘ladi. Hasanboy Do‘smatov esa professional faoliyati davomida 6 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Hamyurtimiz WBA reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq, WBA tashkiloti yarim yengil vazn chempionligi uchun o‘zbekistonlik Otabek Xolmatov va amerikalik Raymond Ford ishtirokidagi jangga buyruq bergan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter