Hindistonda avtobus jarlikka quladi

Hindistonda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
8 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi yaralangan bu voqea mamlakat shimolidagi Shimla shahridan o‘tuvchi Teog–Hatkoti avtomagistralida sodir bo‘lgan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, tan jarohati olgan 25 nafardan ziyod kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani, shu sababli halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Voqeaga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Haydovchi so‘roq qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter