Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimning birinchi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hokimning birinchi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Foto: «Yoshlar» telekanali

DXX Navoiy viloyati boshqarmasi Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida Navbahor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Oybek Xairov mahalliy tadbirkordan 4000 ming AQSh dollari va 16 million so‘mni pora sifatida olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi, deb xabar bermoqda «Uz24.uz».

Ma’lum bo‘lishicha, Oybek Xairov pullarni Konimex tumanidagi baliqchilikka ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga Navbahor tumanidagi kollektorda maqsadsiz oqib yotgan suvni 6 kilometrdan ortiqroq masofada ariq qazib olib kelish uchun tuman hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga olgan.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida mansabdor tuman hokimining ushbu qarorini chiqartirib berish uchun tadbirkordan avval 3500 ming AQSh dollari va 4 million so‘m olganligi aniqlandi.

Hozirda Oybek Xairovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring