Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlari shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi

Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlari shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, takrorlanuvchi nazorat funksiyalarini bekor qilish, qaror qabul qilishda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash nuqtai nazaridan samaradorligi oshiriladi.

Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida mahalliy hokimliklarning iqtisodiy, ma’muriy va moliyaviy vakolatlari yanada kengaytiriladi.

Farmon talablarini inobatga olgan holda Hukumat ijro apparati va ijro etuvchi organlarning shtat-tuzilmalari ham qayta ko‘rib chiqiladi va maqbullashtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring