Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV eksport-import tovarlarini tez yetkazib berish uchun shtab tashkil qildi

IIV eksport-import tovarlarini tez yetkazib berish uchun shtab tashkil qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 14 aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida mamlakatimizning barcha hududlari xususan Surxondaryo viloyatida ham koronavirus pandemiyasining oldini olishga qaratilgan karantin vaqtida iqtisodiyot, sanoat, oziq – ovqat, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuk va trasport harakatlarnishini tashkillashtirish va monitoring qilish tezkor shtabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida tashkil etilgan «Tezkor shtab»da huquq tartibot idoralari vakillaridan tashqari investitsiya, iqtisodiyot, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalariga daxldor mutasaddilar ham jalb etilgan maqsad esa pandemiya sharoitida eksport-import tovarlarining o‘z manzillariga tezda va xavfsiz yetib borishini ta’minlashdan iborat.

Shtabning 24 soatlik uzluksiz faoliyati karantin qoidalariga qat’iy amal qilingan holda tashkil etilgan. Bu yerda dezinfeksiya qoidalari talablariga rioya etilgan holda ish olib borilayapti. Ishchi guruh vakillarining ovqatlanish va dam olish sharoitlari ham binoning ichida tashkillashtirilgan.

Eksportga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari belgilangan tartibda bojxona organlari va ichki ishlar boshqarmasining yo‘l-patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda bojxona kuzatuviga olinib, yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shni viloyat bojxona boshqarmasining kuzatuv guruhiga yoki manzil chegara postiga qadar yetkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnidan viloyatdan chiqayotgan yuklarning 68% yashil va sariq yo‘laklarga taqsimlanishi natijasida tovar moddiy boyliklarning manziliga yetib borish vaqti keskin qisqardi. E’tiborli jihati endilikda nafaqat yuk transport vositalari kuzatuv orqali o‘z manzillariga yetkaziladi balki yangi avtomoshina xarid qilgan fuqarolarimizga ham ana shunday yordam ko‘rsatilmoqda.

Ta’kidlash joizki ayni karantin davrida ham inson manfaatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan ezgu harakatlar, duch kelinishi kutilayotgan moliyaviy qiyinchiliklarning oldini olish va pandemiya tugaganidan so‘ng iqtisodiyotimizni tezroq tiklab olishimizda muhim o‘rin tutadi.

Mazkur tashkil etilgan «Tezkor shtab»da xodimlar tun-u kun ishlashi belgilangan.

Shtabda o‘rnatilgan 76 -221 - 32 -21 telefon raqami orqali murojaat qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga amaliy yordam yoki huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring