IIV tizimida yangi tayinlov

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko‘ra, polkovnik Nuriddin Normatov IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlanlangan.
Nuriddin Normatov Ichki ishlar vazirligi akademiyasida aspirat, o‘qituvchi, kafedra mudiri o‘rinbosari, ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, so‘ng O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutida bosh ilmiy xodim, bo‘lim mudiri lavzoimlarida ishlagan. Bir qancha muddat respublika rahbarlik idorasida faoliyat ko‘rsatgan. Mazkur lavozimga tayinlanishdan avval IIV Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i vazifasini ado etgan.
Yuridik fanlari doktori, professor.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutini 2018-yilning sentyabridan buyon podpolkovnik Abdurahmon Pardiyev boshqarib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter