Ikki o‘zbek futbolchisi ramziy jamoaga kiritildi

Futbol tarixi va statistikasi Xalqaro Federatsiyasi — IFFHS Osiyoning 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaridan iborat yil ramziy jamoasini tuzdi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Abduvohid Ne’matov hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘rin oldi.
Darvozabon: Abduvohid Ne’matov (O‘zbekiston, «Nasaf»)
Himoyachilar: Shumpey Naruse (Yaponiya, «Nagoya Grampus»), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (O‘zbekiston, «Paxtakor»/«Nijniy Novgorod»), Jassim Gaber (Qatar, «Al Arabi») Tomas Akilina (Avstraliya, «Uestern Sidney»)
Yarim himoyachilar: Li Kang In (Janubiy Koreya, «Valensiya»/«Malorka»), Daiki Matsuoka (Yaponiya, «Sagan Tosu»/«Shimizu S-Pals»), Takefusa Kubo (Yaponiya, «Xetafe»/«Malorka»)
Hujumchilar: Jeong Sang Bin (Janubiy Koreya, «Suvon Blyuingz»), Allohyor Sayyadmanesh (Eron, «Fenerbaxche»/«Zarya Lugansk»), Muhammad Maran (Saudiya Arabistoni, «Al Nassr»/«Al Tai»).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter