Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki yil oldin omadsizlikka uchragan «Buxoro» yana Superligaga qaytdi (foto)

Ikki yil oldin omadsizlikka uchragan «Buxoro» yana Superligaga qaytdi (foto)

Foto: Xabar.uz

O‘tgan ikki yildagi omadsizlik tufayli Superligani tark etgan «Buxoro» futbol jamoasi yana superligada o‘ynaydigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinov.

Ta’kidlanishicha, o‘zining ashaddiy muxlislari bilan tanilgan «Buxoro» futbol jamoasi bundan ikki yil ilgari futbol o‘yinlarida omadsizlikka uchragan va ketma-ket yutqizishlar jamoaning superligani tark etishiga sabab bo‘lgan.

«Ikki yillik tanaffus tufayli «Buxoro» jamoamiz Pro ligada o‘ynashga majbur bo‘ldi. Yashirishga hojat yo‘q, pro ligadagi joriy mavsum jamoa uchun juda og‘ir kechdi. Lekin, shu o‘rinda aytish joizki,  «Buxoro» mamlakatimizdagi futbol klublari orasida o‘z o‘rniga ega jamoalardan biri hisoblanadi. Jamoa o‘zining jonkuyar futbolchilari bilan  tanilgan. Futbolchilarning bir tanu bir jon bo‘lib, biri-birlarini tushungan holda  qilgan sa’y-harakatlari  ularni g‘alabalar maydoniga chorladi. Ayni paytda tunda «Buxoro» jamoasining katta tantanalar bilan «Buxoro sport» maydoniga qarshi olinishi ana shu g‘alabalar mevasidir»,— dedi jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov.

Ma’lum bo‘lishicha, bugun Pro liga 28-turi doirasidagi 2 ta bahs Urganch markaziy stadionida kechgan.  So‘nggi turda «Buxoro» safarda «Xorazm» mehmoni bo‘lgan. O‘yin natijalariga ko‘ra, 2:2 hisobida durang qayd etilgan. «Buxoro» jamoasi ochkolar sonini 50 taga yetkazib, 2-o‘rin bilan Superligigaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma olgan.

Viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘ining so‘ziga ko‘ra, 21 noyabrdan 22 noyabrga o‘tar kechasi safardan qaytgan «Buxoro» jamoasi o‘yinchilari «Buxoro sport» majmuasida tantanali qarshi olingan.

«Avvalambor barcha futbolchilarga katta rahmat, butun turnir davomida o‘zlarini professional tomonlama ko‘rsatganlari uchun, maydonda borlarini berib harakat qilganlari uchun. Superliga-2023 ishtirkochisiga aylangan «Buxoro” jamoasining ashaddiy muxlislarini ham, klub rahbariyatini ham ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz. Ishonamizki, «Buxoro» Superligada ham muxlislarbop va g‘alabali o‘yinlari bilan barchamizni xushnud eta oladi»,—dedi viloyat hokimi Botir Zaripov o‘z so‘zida.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu futbol jamoaga Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bosh homiylik qilib kelmoqda. Jamoda 10 ga yaqin xorijlik futbolchilar shartnoma asosida o‘ynashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring