Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 97 yoshida yana parashyutda sakradi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 97 yoshida yana parashyutda sakradi

Foto:«AFP»

Amerikalik Tom Rays 97 yoshida parashyutda sakradi. Bu haqda France24 xabar berib o‘tdi.

Tom Rays ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo‘lib, 1944 yilda AQSh va boshqa ittifoqchilarning Normandiyada joylashgan Germaniya qo‘shinlariga qilgan hujumida ishtirok etgan. «Overlord» deb nom olgan ushbu amaliyot bilan Yevropada ikkinchi front ochilgan va tarkibida Rays ham bo‘lgan bo‘linma Fransiyaning Karantan shahriga parashyutda tashlangan edi.

Tom Rays yana Fransiyaga qaytishni va bu ishni yana takrorlashni istaganini aytib o‘tdi. U bilan birgalikda 14 mamlakatdan kelgan 200 parashyutchi ham sakragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring