Ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash tartibi belgilanmoqda

Qonunchilik palatasi Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Nazira Muxtorovaning ma’lumot berishicha, yangi qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarga haq to‘lash tartibi belgilanmoqda.
Loyihaga muvofiq:
- kunlik ish vaqtidan tashqari ishning dastlabki ikki soati uchun kamida 1,5 barobar miqdorda;
- ikki soatdan ortiq ish vaqti uchun kamida 2 barobar miqdorda;
- mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ish joylarida esa har bir soat uchun kamida 2 barobar miqdorda to‘lov belgilanadi.
Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi xodim uchun:
- oddiy sharoitlarda — ketma-ket ikki kun davomida to‘rt soatdan oshmasligi;
- noqulay mehnat sharoitlarida — bir kunda ikki soatdan oshmasligi ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, xodimlarga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatini kengaytirish va norasmiy ravishda ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish holatlarining oldini olish maqsadida, qonun loyihasida ish vaqtidan tashqari ishlarning umumiy yillik davomiyligi uchun belgilangan 120 soatlik cheklovni bekor qilish taklif etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter