Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isituvchi qozon portlashi oqibatida qattiq kuygan qizaloq bilan bog‘liq holat nazoratga olindi

Isituvchi qozon portlashi oqibatida qattiq kuygan qizaloq bilan bog‘liq holat nazoratga olindi

Foto: Xabar.uz

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi, 2008 yilda tug‘ilgan J.J. o‘z yashash xonadonida isituvchi qozon portlashi oqibati 90% og‘ir tana kuyish jarohati olganligi tufayli muntazam tibbiy xizmatga va davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatilishiga muhtojligi to‘g‘risidagi murojaat kelib tushgan.

Bolalar ombudsmani Sog‘liqni saqlash vazirligi va Bosh prokuratura bilan birgalikda mazkur holatni o‘rgandi.

Aniqlanishicha, 2008 yilda tugilgan J.J. 04.10.2023 yilda bunday jiddiy kuyish jarohatini olganidan so‘ng Respublika shoshilinch yordamga olib kelinib, u yerda barcha tez tibbiy yordam choralari ko‘rilgan va 2 oy davomida (04.10.2023-04.12.2023) shifokorlar tomonidan davolanib, zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.

«So‘ng esa jarohatlar darajasi murakkabligiga va doimiy tibbiy kuzatuv talab etishiga qaramay J.J. ota-onasi tomonidan uy sharoitida parvarish qilish uchun olib ketilgan.

Hozirda J.J. ga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatildi va doimiy shifokor kuzatuvi biriktirildi. Shuningdek, viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan qizga muntazam davolanish uchun kerak bo‘lgan dori-darmonlar ta’minlanmoqda hamda unga nogironlik nafaqasini belgilash uchun kerakli tibbiy hujjatlar to‘planish jarayonida», deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring