Isroil aviazarbalari tufayli to‘rt suriyalik askar halok bo‘ldi

Isroil harbiylarining Suriya g‘arbi, janubi-g‘arbiy va janubiy chegaralari yo‘nalishida bergan zarbalari tufayli to‘rt kishi halok bo‘ldi, olti kishi esa jarohat olgan. Bu haqda armiya matbuot xizmatiga asoslanib, RIA «Novosti» xabar berdi.
«2019-yil 21-yanvar… Isroil havo kuchlari Suriya hududiga uch yo‘nalishda hujum qildi» deyiladi xabarda.
Shuningdek, Damashq ayeroportining bir qismi ushbu hujumlar oqibatida talofot ko‘rgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter