Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil BMT Xavfsizlik kengashi nomzodligidan ortga chekindi

Isroil BMT Xavfsizlik kengashi nomzodligidan ortga chekindi

Foto: «Sabah»

Isroil 2019-2020-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining muvaqqat a’zoligi uchun Germaniya va Belgiya bilan birgalikda olib borilayotgan a’zolik bahslaridan ortga chekindi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Isroilning BMTdagi vakillarining ma’lum qilishicha, rasmiy Tel-Aviv sheriklari – Germaniya va Belgiya bilan uchrashgandan so‘ng shunday qarorga kelgan.

Aslida Isroil BMT a’zoligiga kechadigan bahslarda sheriklaridan mag‘lub bo‘lishini bilgan. Shu bois shunday yo‘lni tutgan.

«Reyters» agentligiga intervyu bergan BMT vakili ham ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring