Isroil bosh vaziri kasalxonaga yotqizildi

Kecha, 15 iyul kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hushini yo‘qotib, shifoxonaga yotqizildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Netanyaxu uyda hushidan ketib, yiqilib, boshidan qattiq jarohat olgan. Shundan keyin u tezlik bilan shifoxonaga olib kelingan.
Kasalxonada bosh vazir boshidan olgan zarba natijasida hech qanday jarohat olmaganiga ishonch hosil qilish uchun tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Bosh vazir idorasining ta’kidlashicha, qo‘shimcha tekshiruvlardan so‘ng Binyamin Netanyaxuning sog‘lig‘i yaxshi. U o‘zini yaxshi his qilmoqda va yakshanba (bugun) kuni kasalxonadan chiqadi.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning oktyabr oyida ham 73 yoshli Netanyaxu ibodatxonada kasal bo‘lib shifoxonaga yotqizilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter