Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada «mafiya odamlari» hibsga olindi

Italiyada «mafiya odamlari» hibsga olindi

Foto: «Rosbalt»

Italiyaning Veneto viloyatida Neapoldagi «Kamorra» mafiyasiga aloqadorlikda gumon qilingan 50 nafar shaxs hibsga olindi. Ulardan 10 million yevro pul ham olib qo‘yilgan.

«Messaggero» gazetasi yozishicha, Venetsiya, Kazal-di-Princhipe shaharlari, Kazerta va Veneto viloyatlarida o‘tkazilgan «tozalash» operatsiyalariga huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 300 nafar xodimi  jalb etilgan.

Ushlab turilganlarning 11 nafariga chetga chiqmaslik to‘g‘risidagi hujjatga imzo chekdirib olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring