Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon tarixidagi o‘nta dahshatli zilzila: Shensidan Ashxobodgacha

Jahon tarixidagi o‘nta dahshatli zilzila: Shensidan Ashxobodgacha

Sumarta zilzilasi.

Insoniyat tarixidagi eng halokatli 10 ta zilzilada taxminan 2,5 milliondan ortiq odam qurbon bo‘lgan. Ushbu zilzilalarning to‘qqiztasi Osiyoga to‘g‘ri keladi. Xususan Xitoyda bo‘lgan uchta zilzila natijasida 1,3 millionga yaqin odam halok bo‘lgan. Ushbu maqolada tarixdagi eng halokatli 10 ta zilzila haqida gaplashamiz.

«Shensi zilzilasi» Xitoy, 1556-yil 23-yanvar

«Shensi zilzilasi» tarixdagi eng halokatli yer silkinishlaridan biri sifatida tanilgan. Zilzila 1556 yil 23 yanvarda Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shensi provinsiyasida sodir bo‘lgan. 8 magnitudali zilzila oqibatida 830 000 kishi halok bo‘lgani taxmin qilinadi. Oqibatda hududning minglab inshootlari vayron bo‘lgan va mintaqa aholisining qariyb 60 foizi hayotdan ko‘z yumgan.

«Tyanshan zilzilasi» – Xitoy, 1976-yil 28-iyul

Ikkinchi eng halokatli zilzila ham Xitoyda sodir bo‘lgan. So‘nggi yuz yil ichida eng ko‘p qurbon bo‘lgan «Tyanshan zilzilasi» 1976-yil 28-iyulda sanoat shahri Tyanshanda sodir bo‘ldi. 7,8 magnitudali zilzila oqibatida 255 mingga yaqin odam halok bo‘lgan va 800 ming kishi jarohat olgan.

«Xalab zilzilasi» – Suriya, 1138-yil 11-oktyabr

Tarixdagi uchinchi eng halokatli zilzila 1138 yil 11 oktabrda Suriyaning shimolidagi Xalab viloyatida sodir bo‘lgan. Oqibatda 230 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Zilzila magnitudasi noma’lum.

«Sumatra zilzilasi» – Indoneziya, 2004-yil 26-dekabr

Hind okeanining Janubiy Osiyo va Afrika sohillaridagi 14 ta davlat Indoneziyaning Sumatra orolida sodir bo‘lgan 9,1 magnitudali zilziladan jabr ko‘rdi. Indoneziyada zilzila va undan keyingi sunami oqibatida 227 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 50 ming kishi bedarak yo‘qoldi. 1,7 millionga yaqin odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

«Gaiti zilzilasi» – Gaiti, 2010-yil 12-yanvar

Gaitida sodir bo‘lgan 7 magnitudali zilzila oqibatida taxminan 222 000 kishi halok bo‘ldi. 300 000 dan ortiq kishi jarohat oldi. Zilzila oqibatida 1,3 million kishi uy-joyini tashlab ketgan, 100 mingga yaqin uy vayron bo‘lgan.

«Damg‘on zilzilasi» Eron, 856-yil 22-dekabr

Eronning shimoli-sharqidagi Damg‘on viloyatida sodir bo‘lgan 7,9 magnitudali zilzila oqibatida taxminan 200 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Bu halokatli zilzila oqibatida Eron tarixidagi eng ko‘p qurbon berilgan.

«Xayyuan zilzilasi» Xitoy, 1920-yil 16-dekabr

«Xayyuan zilzilasi»ning boshqa bir nomi «Ganyanchi zilzilasi»dir. Tabiiy ofat natijasida 200 000 dan ortiq odamning nuqta qo‘yilgan.

«Ardabil zilzilasi» – Eron, 893-yil 23-mart

Tarixchilarning ma’lum qilishicha, ushbu halokatli zilzila Eronning Ardabil shahrida 893 yil 23 martda sodir bo‘lgan. Oqibatda 150 000 dan ortiq odam halok bo‘lgani taxmin qilinadi.

«Kanto zilzilasi» – Yaponiya, 1923-yil 1-syentyabr

«Kanto zilzilasi» Yaponiya tarixidagi eng halokatli zilzila hisoblanadi. Tokio-Yokogama hududiga katta vayronagarchilik olib kelgan 7,9 magnitutli zilzila oqibatida 142 ming kishi halok bo‘lgan. Zilziladan keyin ham 380 dan ortiq uy yonib ketgani aytiladi.

«Ashxobod zilzilasi» – Turkmaniston (Sobiq ittifoq), 1948-yil 5-oktyabr

1948-yil 5-oktyabrda Turkmanistonning hozirgi poytaxti Ashxobodda sodir bo‘lgan 7,3 magnitudali zilzila oqibatida 110 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Seysmologik nazoratning yo‘qligi natijasida qurbonlar ko‘p bo‘lib chiqdi. Ashxoboddagi falokatdan keyin Sobiq ittifoqning turli hududlarida seysmik tadqiqotlar boshlangandi.

«Toshkent zilzilasi» – O‘zbekiston, 1966-yil 26-aprel

Mamlakatimizda sodir bo‘lgan bu zilzila katta moddiy vayronalarga sabab bo‘lgan. Shaharning 80 foizidan ortig‘i vayron bo‘lgan. Hammasi bo‘lib 78 000 dan 95 000 gacha uy vayron bo‘lgan. Tabiiy ofat tufayli uysiz qolganlar soni 200 000 dan 300 000 gacha deb taxmin qilinadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 15 kishi halok bo‘lgan, biroq qurbonlar soni 200 kishidan ortiqligi haqida ham ma’lumotlar bor.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring