Jahonda koronavirusni yuqtirganlar soni 5,5 million nafardan oshdi

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, 25-may sanasi ayni soatlarida jahonda koronavirusni yuqtirganlar soni 5 520 738 nafarga yetdi.
Solishtirish uchun: Finlyandiyaning aholisi — 5 mln. 526 ming kishi, Norvegiyaniki — 5 mln. 511 ming kishi.
Besh yarim milliondan ortiq bemorning 347 015 nafari (6,3 foiz) vafot etdi.
2 mln. 313 ming 223 nafar bemor sog‘ayib ketdi — 41,9 foiz.
2 mln. 860 ming 500 nafar bemor davolanmoqda — 51,8 foiz.
Koronavirus eng ko‘p tarqagan ikki mintaqa — Yevropa va Shimoliy Amerikaga infeksiya yuqtirish holatlarining salkam 70 foizi to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter