Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.M. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali 10 000 dollar evaziga Koreya Respublikasiga ishga yuborishini aytib, oldindan 3200 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.K. boshqa bir fuqaro O.ni 7000 dollar evaziga Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va’da qilib, oldindan 4000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring