Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaning KBS telekanalida O‘zbekistonga bag‘ishlab maxsus teledastur efirga uzatiladi

Janubiy Koreyaning KBS telekanalida O‘zbekistonga bag‘ishlab maxsus teledastur efirga uzatiladi

Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz turizm salohiyatini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib etish va bu orqali yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini yanada oshirish maqsadida Koreya Respublikasining “Korean Broadcasting System” (KBS) milliy telekanali vakilining O‘zbekistonga ijodiy safari tashkil etildi.

Ijodkor mamlakatimizning tarixiy va zamonaviy turizm infratuzilmalari barpo etilgan Toshkent, Jizzax, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shaharlarida bo‘lib, “KBS” telekanalining maxsus O‘zbekistonga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvini tasvirga oldi.

Teledasturda, o‘zbek xalqining madaniyati va an’analari, zamonaviy turistik infratuzilmasi, milliy taomlari hamda me’moriy yodgorliklari haqida hikoya qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Dunyo bo‘ylab piyoda sayohat qilish” teleloyihasi, KBSning eng ommabop sayohat dasturi bo‘lib, Janubiy Koreyaning potensial sayyohlari orasida eng mashhur dasturlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston haqida ushbu teledastur orqali bundan oldin 3 ta katta ko‘rsatuv keng yoritib o‘tilgan.

Bu safargi dasturlarida ham KBS telekanali nigohida O‘zbekistonning tarixiy diqqatga sazovor joylari, turizm sohasidagi zamonaviy yutuqlarga e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring