Qirg‘izistonda rahbarlik vakolati boshqa odamga o‘tdi

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 2021-yil 10- yanvarda bo‘ladigan prezidentlik saylovida qatnashadi.
Shu munosabat bilan u o‘z prezidentlik va bosh vazirlik vakolatlarini topshirgan, deya yozmoqda «Sputnik».
Endi Jogorku Kenesh spikeri Talant Mamitov vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajarib tursa, Artyom Novikov saylov natijalariga qadar hukumatni boshqaradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda bo‘lajak prezident saylovida qatnashadigan nomzodlar soni ayni paytgacha 50 dan oshgan. Ammo ro‘yxatga olish jarayonlari hali davom etyapti.
Da’vogarlar orasidan Japarovdan tashqari oldingi spiker Kanat Isayev, parlamentning qator sobiq a’zolari va boshqalar o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatni 2017-yildan beri boshqargan Sooranbay Jeenbekov namoyish va noroziliklar sabab oktyabr oyida iste’fo yergach, Japarov vakolatlarni o‘z zimmasiga olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter