Jizzax hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nurmatov Nodir Bahodirovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.
Ma’lumot uchun, Nodir Nurmatov 1979 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2002 yilda AQShdagi Nyu-York universitetining yuridik maktabi, 2005 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2007 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligida olib borgan. Jumladan, 2016–2021 yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter