Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi ayanchli YTH videosi tarqaldi

Jizzaxdagi ayanchli YTH videosi tarqaldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Jizzax shahrida «Neksiya 3» avtomashina haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida YTHga uchradi. Voqea natijasida bir nafar fuqaro vafot etgan. Bu haqda Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi lavhasida so‘z boradi.

Voqea joriy yilning 18 may kuni soat 8:50larda Jizzax-G‘allaorol avtomobil yo‘lining 35-kilometrida sodir bo‘lgan.

Jizzax shahri, Amir Temur MFYda yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Neksiya 3» avtomashinasini Jizzax-G‘allaorol yo‘nalishida boshqarib borayotganda G‘allaorol tumanida istiqomat qilgan 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinaning yo‘liga chiqib ketib, YTH sodir qilgan.

Natijada «Lasetti» rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida RShTTY ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limida shifokorlar ko‘rsatgan muolajalariga qaramasdan vafot etgan.

Shuningdek,  «Neksiya 3» avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida RShTTY ilmiy markazining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Videotasvirda mashinalarning tezlik datchigi 100 km/soat ko‘rsatkichda «qotib» qolganini ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring