Karantinga amal qilmaslik holatlari 83 mingdan oshdi. Jizzaxda tug‘ilgan kunini nishonlagan fuqaro javobgarlikka tortildi

Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 83 005 ta holat aniqlangan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi. Ular:
- Toshkent shahrida – 15 198 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 13 179ta holat;
- Toshkent viloyatida – 12 261 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 7 251 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 5 635 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 5 300 ta holat;
- Andijon viloyatida – 4 723 ta holat;
- Namangan viloyatida – 4 598 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 3 329 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 3 023 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 2 712 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 2 524 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 510 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 762 ta holatni tashkil etmoqda.
Jumladan, 19-aprel kuni Jizzax viloyati, Forish tumanida yashovchi 1991-y.t. Islom X. O‘zining uyida 4 nafar o‘rtoqlari bilan tug‘ilgan kun nishonlaganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.
19-aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod tumanida yashovchi 1976-y.t. Adxamjon K. karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter