Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallanganlar soni tuzalganlardan ko‘p bo‘ldi

Kasallanganlar soni tuzalganlardan ko‘p bo‘ldi

Shu yilning 3-oktyabr kuni mamlakatimizda 462 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 477 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Namangan, Toshkent, Jizzax, Farg‘ona, Navoiy, Xorazm hamda Qashqadaryo viloyatlarida 398 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 58 238 nafar bemordan 54 854 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 907 nafar bemordan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring