Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallanganlar soni yana ko‘paydi, 2 nafar bemor vafot etdi

Kasallanganlar soni yana ko‘paydi, 2 nafar bemor vafot etdi

2021-yil 20-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97856 (+313) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 36 nafari Samarqand viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 47 nafari Toshkent viloyatida,
  • 176 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 93339 (+268) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 678 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3839 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring