Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasbida aholi yashash hududiga kam uchraydigan hayvon kirib qoldi (foto)

Kasbida aholi yashash hududiga kam uchraydigan hayvon kirib qoldi (foto)

Kasbi tuman «Denov» MFY dagi aholi yashash hududiga bir bosh kam uchraydigan hayvon kirib qolganligi to‘g‘risida tuman nazorat inspeksiyasiga xabar kelib tushgan. Inspektorlar tomonidan xolat joyiga borib o‘rganilganida mazkur tur O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan «Sariq sassiqkuzan» ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Sariq sassiqkuzan kamayib borayotgan tur hisoblanib, tuproqli cho‘llar, adirlar va tog‘ yonbag‘irlarida yashaydi. Asosan oqshomda va tunlari faol hayot kechiradi, yilning issiq mavsumlarida kunduzi ham faollashadi.

Inspektorlar tomonidan vakolat doirasida sariq sassiquzan aholi yashash xududidan zarar yetkazilmagan holda olinib, yashash muhitiga mos bo‘lgan Qarshining cho‘l hududiga, ya’ni tabiat qo‘yniga quyib yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring