Kelayotgan haftada Erondan issiq havo kirib keladi. Harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet xabar berishicha, kelayotgan haftada bizni jaziramali ob-havo kutmoqda.
6-8 iyul kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, harorat ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 44-46° gacha isiydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter