Kim Chen In Janubiy Koreyaga borishi mumkin

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi mumkin.
Janubiy Koreya rasmiylari Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni Seulda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitiga taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Korea Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
“Rasmlar bu g‘oya hali rasman muhokama qilinmaganini tushuntirishdi, biroq tashkilotdan tashqaridagi davlatlarni taklif qilish rais mamlakatning eksklyuziv vakolati bo‘lib qolayotganini tan oldilar”, deb yozadi gazeta.
Gazeta manbalari tushuntirganidek, Shimoliy Koreya yetakchisini sammitga taklif qilish “davom etayotgan mintaqaviy taranglikni bartaraf etish yo‘lidagi muhim diplomatik qadam bo‘lishi mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda AQSh rahbari Donald Tramp va Kim Chen In ikki Koreya o‘rtasidagi zonada ko‘rishgan edilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter