Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Tramp bilan uchrashish uchun Vetnam poytaxtiga keldi

Kim Chen In Tramp bilan uchrashish uchun Vetnam poytaxtiga keldi

Foto: «Renxap»

KXDR yetakchisi Kim Chen In ikkinchi Shimoliy Koreya-AQSh sammitida qatnashish uchun Vetnam poytaxti Xanoy shahriga yetib keldi. U bu yerda Donald Tramp bilan uchrashadi. Bu haqda «Renxap» agentligi xabar berdi.

Kim Pxenyandan zirhlangan poyezdda Xanoyga yo‘l olgandi. Poyezd Dongdang stansiyasiga kelgan, uyog‘iga avtomobilda Xanoyga borgan.

Kecha Kimning avstraliyalik qiyofadoshi Vetnamdan chiqarib yuborilgani xabar berilgandi.

27-28-fevral kunlari Kim Chen In va Donald Tramp ikkinchi bor uchrashadi, ular bungacha 2018-yil 12-iyunda Singapurda ko‘rishishgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring