Koronavirus: Eronda ayanchli rekord yangilandi

Eronda koronavirusga chalingan 459 kishi hayotdan ko‘z yumib, COVID qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari xabar berdi.
«IRINN» telekanali efirida sog‘liqni saqlash vazirligi vakili o‘tgan 24 soat ichida 9236 ta yangi holat qayd etilganini (maksimum – 9450), shuningdek, 459 nafar bemor (avvalgi maksimum – 440) vafot etganini ma’lum qildi.
19-fevralda rasmiylar mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganini e’lon qilgandan buyon umumiy zararlanganlar soni 682 486 kishiga yetdi, 38 291 nafar bemor vafot etdi. Shu bilan birga, ayni vaqtda sog‘ayganlar soni 520 329 kishini tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter