Koronavirus Germaniyaga ham yetib bordi

Xitoydan tarqagan koronavirus Germaniyada ham bir insonda aniqlandi. Bavariya federal yeri sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bemorda «xitoycha pnevmoniya» aniqlangach, u alohida joyga davolanishga olib o‘tilgan.
Xabarga ko‘ra, yangi turdagi koronavirus bilan kasallangan erkak kishi Shtarnberg okrugida yashaydi.
Alohida ta’kidlanishicha, bemorning ahvoli «klinik jihatdan yaxshi» holatda. U maxsus joyda, tibbiyot xodimlarining jiddiy nazorati ostida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter