Koronavirus pandemiyasi ayrim davlatlarda qachon tugashi ma’lum qilindi

Singapurlik analitiklar ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qilishdi. Bu haqda Singapur texnologiya va dizayn universiteti (SUTD) ma’lumotlariga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.
Ekspertlarning fikricha, Rossiyada 20-iyulda koronavirus tarqalishi nihoyasiga yetadi va yangi holatlar qayd etilmaydi. Analitiklar aytib o‘tgan sana Rossiyada COVID-19 bilan kasallanishlar bo‘yicha mavjud statistika tahlillariga asoslanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 20-mayda umumiy kasallanganlarning 97 foizi aniqlanadi, 28-mayda esa bu ko‘rsatkich 99 foizga yetadi.
Shuningdek, analitiklarning xabariga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat AQShda 27-avgustda, Buyuk Britaniyada 14-avgustda, Germaniyada 1-avgustda, Fransiyada 5-avgustda nihoyasiga yetadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter