Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus qayd etilganlar soni 5100 nafardan oshdi

Koronavirus qayd etilganlar soni 5100 nafardan oshdi

2020-yil 15-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5103 (+23) nafarni tashkil etmoqda.

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 3943 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 1141 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring