Koronavirus yuqtirish kamaymoqda, o‘lim holati esa...

Kecha yurtimizda 660 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yil 7 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 161768 (+660) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 48 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 18 nafari Andijon viloyatida,
- 17 nafari Buxoro viloyatida,
- 21 nafari Jizzax viloyatida,
- 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 17 nafari Namangan viloyatida,
- 62 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 14 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 58 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 18 nafari Xorazm viloyatida,
- 116 nafari Toshkent viloyatida,
- 237 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 153651 (+713) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1132 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter