Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirish sezilarli darajada kamaydi

Koronavirus yuqtirish sezilarli darajada kamaydi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 23-avgust soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 946 (+76) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 58 nafari Toshkent viloyatida hamda 18 nafari Samarqand viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 71 yoshli V.V. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli B.R. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 228 nafar, Toshkent viloyatida 121 nafar, Samarqand viloyatida 47 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida ham 5 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 34 987 (+411) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 686 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring